39 yoşli Özbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov Stokholmdagi teraktni aynan u sodir etganini tan oldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Sud uni hibsga olişga qaror çiqargan.
«Uning pozitsiyasi şunday: u terrorçilik aktini amalga oşirişda öz aybini tan oldi va qamoq jazosiga mahrum etilişiga tayyor», - deya ma'lum qildi uning himoyaçisi. Oqilov özining hibsda qolişini söragan.
Şvetsiya politsiyasi Oqilov kuzatuvda bölganini tasdiqladi. 2014 yilda Oqilov Şvetsiyada yaşaşga ruxsat olişni söragan. Ötgan yilning dekabr oyida unga rad javobi berilgan va qirollik hududini tört hafta davomida tark etiş talab qilingan. Oqilov yaşiringan va majburiy deportatsiya qiliş uçun qidiruvga e'lon qilingan.
7 aprel kunduzi yuk maşinasi haydovçisi Drottninggatan köçasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib ötib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 4 kişi halok böldi: ikki nafar Şvetsiya fuqarosi, bir britaniyalik va belgiyalik. 15 kişi jarohat oldi.
Stokholmdagi terakt böyiça yana bir gumonlanuvçi hibsga olingan bölib, hozirça uning ismi oşkor etilmayapti.

















