Jahon | 08:45 / 12.04.2017
5133
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Damashq yaqinidagi Sharqiy Gutada 400 ming kishiga shoshilinch yordam zarur

Foto: RIA

Damashq yaqinidagi Sharqiy Guta tumanida 400 mingga yaqin kishi tashqi dunyodan uzilib qo‘yilgan va shoshilinch gumanitar yordamga muhtoj, deb aytdi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.   

"Biz va hamkorlarimiz bu tumanga vaziyat yanada yomonlashishidan oldin kira olishimiz o‘ta muhimdir", deb aytgan Dyujarrik va BMTning ushbu tumanga gumanitar missiyasi oxirgi marta 2016 yil oktabrda kira olganini qo‘shimcha qilgan.

Dyujarrikning aytishicha, tumandan "artilleriyadan o‘qqa tutishlar hamda bombardimon qilishlar haqida xabarlar olinmoqda, bu esa tinch aholi o‘rtasida jiddiy qurbonlarga olib kelmoqda".

Ma'lum qilinishicha, mart oyidan boshlab hukumat qo‘shinlari Sharqiy Gutaga tijoriy yuk mashinalarini kiritmay qo‘ygan, bu esa birinchi ehtiyojdagi buyumlarga narxlarning keskin oshishiga, un yetishmasligi sabab nonvoyxonalarning yopilishiga hamda yonilg‘i va gazga narxlarning oshishiga olib kelgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid