Britaniyalik tennisçi Endi Marrey şveysariyalik tennisçi Rodjyer Federer bilan ötkazgan "Afrika uçun matç" xayriya uçraşuvi davomida töplarni uzatib beruvçi bolaga özaro örin almaşişni taklif qildi. Marrey kort ortida bolaning örnini egalladi, bola esa Marrey örniga kortga tuşdi.
Uşbu vaziyat hisob Federer foydasiga 6:3, 6:6 (6:5) bölayotganda ikkinçi partiyaning tay-breykida yuz berdi. Bolakay maydonga tuşib ikkita töp uzatişni muvaffaqiyatsiz amalga oşirgaç, raketkani Marreyga qaytarib berdi. Marrey bolaga yana bir bor urinib körişni taklif qildi, biroq bola unga minnatdorçilik bildirib öz örnini egalladi. Şundan keyin Marrey tay-breykni 6:8 hisobida yutqazdi va şu bilan birga uçraşuvni ham boy berdi.
Uçraşuvdan yiğilgan mablağ Rojyer Federerning Botsvana Malavi, Namibiya, Zambiya Zimbabve va JAR davlatlari bolalariga yordam körsatuvçi jamğarmasiga yöllanadi.
29 aprelda "Afrika uçun matç"ning navbatdagi 4-doirasida Federer bilan kortga AQŞning sobiq birinçi tennisçisi Jon Isner va milliarder Bill Geyts tuşadi. Bu uçraşuvlar Sietlda bölib ötadi.
2015 yilda Federerning bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarşi körgazmali uçraşuvida kortga bir bola yugurib çiqqan. Şunda Dimitrov bolaga öynab köriş uçun raketkasini bergan. Bolakay ham böş kelmay, Federer bilan tengma-teng öynab, uni ajoyib tarzda doğda qoldirişga muvaffaq bölgan.












