Oq uy rasmiy vakili Şon Spayser jurnalistlar uçun ötkazgan brifingiada noqulay ahvolga tuşib qoldi. U Hitler ham kimyoviy quroldan foydalaniş kabi pastkaşlikka bormaganini aytdi.
"Biz hatto kimyoviy quroldan Ikkinçi jahon uruşida ham foydalanganimiz yöq… Hitler ham kimyoviy quroldan foydalaniş darajasiga tuşmagan", — degan Spayser va Idlibdagi kimyoviy hujumda Suriya hukumati va şaxsan Başar Asadni ayblagan.
Uşbu bayonotdan söng, Twitter ijtimoiy tarmoğida matbuot kotibining sözlari yuzasidan fikrlar bildirila boşlandi.
"Şon Spayser gaz kameralarini Holokost markazlari deb atadi. U holda, taxminimça, Guantanamo — Madaniyatlararo markaz, şekilli", — deb yozadi foydalanuvçilardan biri.
Jurnalistlar brifingdan söng, Spayser natsistlar Germaniyasining gaz kameralarini qöllaganidan xabari bor yoki yöqligiga aniqlik kiritişmoqi bölişdi. Bunga javoban, Oq uy rasmiy vakili buni bilişini, ammo Hitler ham kimyoviy qurolni şaharlarda qöllamaganini aytdi.
"Men Holokostning dahşatli oqibatlarini yumşatmoqçi emasman. Men şunçaki, kimyoviy qurolni aholi punktlariga qöllaş uçun aviatsiyadan foydalaniş çegarasini belgilamoqçi böldim. Begunoh insonlarga qarşi har qanday hujumga yöl qöyib bölmaydi", — degan Şon Spayser.
Kongressning vakillar palatasidagi Demokratlar kamçiligi yetakçisi Nensi Pelosi öz navbatida AQŞ prezidenti matbuot kotibi Şon Spayserni, Asadni Hitler bilan qiyoslagani uçun iste'foga çiqarişni talab qildi.
"Şon Spayserni işdan böşatiş kerak. Prezident Tramp esa öz vakilining sözlarini inkor etişi şart", — deyiladi Pelosi bayonotida. "Spayser yo prezident nomidan gapirgan yoki prezident uni yollamasligi kerak edi", — deb qöşimça qilgan Pelosi.
AQŞ prezidenti matbuot kotibi Şon Spayser esa, özining beöxşov öxşatişi uçun uzr söraşga majbur böldi. U Başar Asadni Adolf Hitlerga qiyoslagan edi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Spayser öz bayonotini "beadab" öxşatiş deb baholagan.

















