Xitoyning OnePlus kompaniyasi 500 dollar evaziga Samsung Galaxy S8'ning "qotili"ni işlab çiqarmoqda. OnePlus 5 smartfoni ramkasiz ekran, Snapdragon 835 protsessori, 8 Gb operativ xotirasi, ikkilamçi kameraga ega böladi. Uning narxi 500 dollardan qimmat bölmasligi kutilmoqda. Bu haqida Phonearena'da ma'lum qilindi.

Naşr OnePlus 5'ning Samsung flagmani bilan bellaşiş imkonini beruvçi kamida beş asosiy xususiyatini sanab ötdi.

Dizayn va tarkib

OnePlus 5 smartfoni Samsung Galaxy S8 flagmani kabi  ramkasiz dizayn va Home tugmasining yöqligidan taşqari, 1440X2660 pikselli 5,5 dyuymli displeyga ega böladi. Barmoq izlari skaneri, xitoylik işlab çiqaruvçilarga xos bölganidek, qurilmaning orqa panelida joylaşadi.

Operativ xotira hajmi

OnePlus 5 operativ xotiraning fantastik hajmi - 8 Gb'ga ega böladi, bu koreyalik raqibiga nisbatan 1,5-2 barobar köp degani.

Kamera

Kameraning texnik xususiyatlari Samsunğni ham ortda qoldiradi: asosiy ikkilamçi kamera 23 megapikselga ega böladi, frontal kamera esa - 16 megapikselga. Şunday bölsa-da, Phonearena Galaxy S8 flagmanida olingan suratlar sifati yuqoriroq bölişini taxmin qilmoqda.

Akkumulyator

OnePlus 5 akkumulyatori siğimi, turli ma'lumotlarga köra, yo 3500 mAs, yoki 4000 mAs. Bu smartfonning qulay avtonom faoliyatini ta'minlaş uçun yetarli.

Narxi

Galaxy S8 va S8'dan farqli ölaroq, OnePlus 5 smartfonini qölga kiritiş 500 dollardan qimmatga tuşmasligi ta'kidlanmoqda.

Umuman olganda, Koreya giganti bilan raqobatlaşiş uçun yaxşi texnik xususiyatlarning özigina yetarli emas. OnePlus 5 Yevropa va Amerika uyali aloqalari tarmoqlarida beqaror işlaşi mumkin, buning ustiga texnik qöllab-quvvatlanişda ham muammolar yuzaga keliş ehtimoli mavjud.