Stokholmdagi terakt ijroçiligida asosiy gumondor sifatida hibs qilingan Rahmat Oqilov Özbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgandi. Bu haqda Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaga asoslanib, RIA «Novosti» agentligi xabar qilgan.

U şu yilning fevral oyida diniy eksterizm ayblovi bilan qidiruvga berilgandi.

«Fevral oyi oxirida Rahmat Oqilovga nisbatan diniy ekstremizm bilan boğliq bir qator moddalar böyiça jinoiy iş oçilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan», — deya ma'lumot bergan manba.

Uning sözlariga köra, Oqilov Şvetsiyada bölgan vaqtida IŞID ta'siriga tuşib qolgan.

Millati tojik bölgan uşbu şaxsning qarindoşlari u Şvetsiyada IŞIDning tojiklar guruhi böyiça emissari (maxfiy topşiriq bilan yuborilgan agent) ta'siriga tuşgan. U 2015 yili IŞID safida jang qiliş uçun Suriyaga kirişga uringan, biroq Turkiya çegarasida töxtatilgan hamda Şvetsiyaga deportatsiya qilingan.

7 aprel kunduzi yuk maşinasi haydovçisi Drottninggatan köçasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib ötib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 4 kişi halok böldi: ikki nafar Şvetsiya fuqarosi, bir britaniyalik va belgiyalik. 15 kişi jarohat oldi. 

Uşbu iş böyiça Özbekiston fuqaroligiga ega bölgan 39 yoşli Rahmat Oqilov qölga olindi. U köp vaqt ötmasdan «terrorçilik harakatini sodir etgani»ga iqror bölib, öz aybini tan oldi.

Stokholm terakti ijroçisi ötgan yilda Özbekistonga deportatsiya qilinişi kerak bölgandi

Foto: Stokholm terakti ijroçiligida gumonlanayotgan özbekistonlikning şaxsi ma'lum qilindi