Bugungi kunda stomatologga öz vaqtida boriş kerakligi, aks holda bu yomon oqibatalarga olib kelişi mumkinligi haqida köp gapiriladi."Ortodoks" tibbiy portalida tiş şifokoriga borişni orqaga suruvçilarni kutayotgan xavfli viruslardan biri töğrisida britaniyalik tadqiqotçilar ma'lumoti taqdim etildi. 

Britaniya tadqiqotçilari keng kölamli tajriba ötkazib, uning natijasida odamdagi papilloma virusi (OPV) milklarning yalliğlanişi, tişlar tuşişi va boşqa stomatologik muammolar bilan bevosita boğliq ekanini aniqlaşdi.

Tadqiqot davomida 3,5 ming bemorni muntazam kuzatib borildi. 

Ma'lum bölişiça, odam papilloma virusi bilan boğliq muammolar tufayli şifokorlarga ikki karra köp murojaat qilgan bemorlarning milk va tişlari nosoğlom bölib çiqqan.

Şuningdek insondagi papilloma virusi va oğiz böşliği saratoni örtasidagi boğliqlik esa tibbiyot xodimlarida yanada köp taşviş uyğotdi. 

Odam papilloma virusi papilloma viruslar oilasiga mansub bölib, hozirgi kungaça uning 100 ga yaqin turi aniqlangan. Har bir virus tartib raqami bilan raqamlangan bölib, bir-biridan irsiy axboroti bilan farqlanadi. Odam papilloma virusi xavfli ösma kasalliklarini keltirib çiqarişiga köra yuqori, örta va past onkogen guruhlariga ajratiladi.