Şvetsiyada sud farzandlarining tişini yetarli darajada tez-tez tozalab turmagan ota-onani 8 oy muddatda qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Aftonbladet portali.
Politsiya Şvetsiya ğarbidagi Buros şahrida yaşovçi oila bilan bolalar stomatolog qabuliga borganidan keyin qiziqişni boşlagan: qiz va ikki bolaning tişlarida kariyes borligi aniqlangan. Ayrim tişlarning holati juda yomon bölganidan, ularni olib taşlaşga töğri kelgan.
Operatsiyadan keyin şifokor bolalarning tişlari holati böyiça politsiyaga xabar bergan. Ota-ona öz aybini rad etgan, ammo sud ularni farzandlari tişiga yetarliça e’tibor bermaganlikda aybdor deb topgan. Ularning har biri 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Şvedlarda tiş bilan boğliq muammo qadimdan mavjud. Geteborg universiteti Odontologiya instituti olimlari va Vestergetland muzeyi eksperti vikinglar davrida yaşagan 171 kişining 3293 ta tişini örganib çiqqan. Ularning 49 foizini bir yoki undan ortiq tişida kariyeslar aniqlangan. Varnhem hududida yaşagan katta yoşli vikinglarning 13 foizi tiş tomirlariga ta’sir körsatuvçi kariyesdan aziyat çekkan.
Tadqiqot ma’lumotlariga köra, qoldiqlari örganilgan odamlarning 6 foizga yaqini tişlaridan, jumladan, «aql tişlaridan» ham ayrilgan. Vikinglarda tişsiz qoliş ehtimoli yoş ulğaygan sari oşib borgan. Karolin Bertilssonning ta’kidlaşiça, vikinglar tiş çötkalaridan foydalangan va infeksiyalangan tişlarni davolagan. Oğriqni kamaytiriş uçun ular tişlarini milkka qadar egovlagan.

















