United Airlines aviakompaniyasining bozor qiymati uning xavfsizlik xodimlari bir yölovçini samolyotdan zöravonlik bilan tuşirib yuborganlari bilan boğliq mojarodan keyin 800 mln dollarga kamayib ketdi. Bu haqda Gizmodo naşri xabar bermoqda. 

Kompaniyaning bozor qiymati 22,5 mlrd dollardan 21,7 mlrd dollargaça tuşib ketgan. 

Avvalroq USA Today naşri United Airlines xodimlari özlariga samolyotda joy yetmagani sababli Çikago-Luisvill reysi yölovçisini kuç qöllab tuşirib yuborganlari haqida ma'lum qilgandi. Avval kompaniya öz mijozlariga joyni böşatib berişlari uçun 400 dollar, söngra 800 dollar taklif qilgan, biroq heç kim bunga rozi bölmagan.  

Öşanda "ortiqça" yölovçi tasodifiy tanlaş yöli bilan tanlab olingan. Tanlab olingan yölovçilardan biri, mijozlari yoniga ketayotgan şifokor samolyotni tark etişdan boş tortganda, xavfsizlik xodimlari unga kuç işlatişgan. Oqibatda erkak tan jarohatlari olgan, reys esa 2 soatga uşlab qolingan. Guvohlar tomondan tasvirga olingan uşbu holat videosi internetda joylaştirilgan. Keyinroq aviakompaniya rahbari Oskar Munos bölib ötgan holat uçun tvitterda uzr söragan va aviakompaniya vaziyatni örganib çiqişini hamda jabrlangan erkak bilan mojaroni bosdi-bosdi qiliş uçun boğlanganini ma'lum qilgan.    

South China Morning Post naşrining yozişiça, jabrlangan yölovçi xitoy millatiga mansub 69 yoşli şaxs bölgan. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida bu voqea 120 mln foydalanuvçining ğazabini keltirgan va ular AQŞ aviakompaniyasi xizmatlariga boykot e'lon qilişga çaqirişgan. Blogerlar ayniqsa keksa yoşli erkakka jarohatlar yetkazilganidan aççiqlanişgan. Videolardan birida uning yuzi qonga belanganini ham köriş mumkin. 

The Hill naşrining yozişiça, AQŞ vakillar palatasining transport va infratuzilma qömitasining yuqori lavozimli mansabdor şaxsi Eleanor Xolms Norton bu voqeani muhokama qilişga çaqirgan.