Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida şu yil 11 aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yiğiliş bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat maslahatçilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyuşmalar rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahar, mamlakatimiz şahar va tumanlari hokimlari, jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Selektor yiğilişida dastlab hayotiy muhim masalalar böyiça fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş borasidagi işlarning ahvoli muhokama qilindi. 

Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida, mamlakatimizning barça şahar va tumanlarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda davlatimiz rahbarining Virtual qabulxonasi taşkil etilib, öz faoliyatini boşlagani xalq manfaatlarini ta'minlaş, mamlakatni yangilaş va demokratlaştiriş yölidagi ulkan amaliy qadam bölgani alohida ta'kidlandi. 

Joriy yil boşidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib tuşgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va ularni qiynayotgan muammolarni hal etiş böyiça amaliy yordam körsatilgan. 

Şu bilan birga, joylarda ba'zi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bölayotgani közga taşlanmoqda. Şikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan masalalar böyiça bölsa-da, afsuski, kötarilayotgan muammolar joyida hal etilmasdan qolmoqda. Şuning uçun aholi va yuridik şaxslar markaziy idoralarga murojaat qilişga majbur bölmoqda. 

Yiğilişda mavjud kamçilik va nuqsonlarni bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilanib, Boş vazir A.Aripov, Prezidentning Davlat maslahatçisi T.Xudoyberganovga köplab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab bölayotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda örganib çiqib, ularni hal etiş yuzasidan kompleks takliflar tayyorlaş vazifasi topşirildi. 

Selektor yiğilişida kun tartibidagi navbatdagi masala – mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. 

Istiqlol yillarida oziq-ovqat xavfsizligi va mustaqilligini ta'minlaş sohasida ulkan işlar amalga oşirilgani, yildan-yilga xalqimiz farovonligi ortib, turmuş darajasi va sifati yuksalib borayotgani qayd etildi.