Dunyoning eng yirik kompaniyalari rahbarlari doim o‘z vaqtini qanday boshqarish mumkinligi masalasiga duch kelishadi. Aftidan, ularning bari deyarli bir xulosaga kelgan ko‘rinadi: vaqtni ishga sarflagan ma'qul.

Mark Tsukerberg, Bill Geyts va Ilon Mask haftasiga 70 soatdan ko‘p ishlashadi, dam olish kunlari ham bundan mustasno emas. Biroq ularning ajoyib g‘oyalari, yanada yaxshi bo‘lishga urinishi va g‘ayriinsoniy mehnatsevarligi o‘zini oqlaydi: bu insonlar dunyoning eng badavlat kishilari qatoridan joy olishdi. Ularning har biri o‘z vaqtidan optimal foydalanishning shaxsiy usullarini ishlab chiqqan. InsiderPro uch milliarderning samaradorlikni oshirishning noan'anaviy usullaridan ba'zilari haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

 

Mark Tsukerberg hamma narsada oddiylikka intiladi

Tsukerbergning bir xil kulrang futbolkalar va erkin uslubdagi kiyimlariga bo‘lgan "muhabbati" haqida ko‘p gapiriladi. Bu odat unga diqqatni ishga qaratib, kiyim tanloviga imkon qadar kam vaqt sarflashga olib keladi. Bunday oddiy yondashuv uning kundalik hayotining barcha jabhalariga tegishlidir.

31 yoshli milliarder va Facebook rahbari boshqa rahbarlar kabi idoraga Germaniyaning qimmatbaho sedan avtomobillarida emas, qora rangli kamtar Acura'da tashrif buyuradi.

Uning Palo-Altodagi uyi esa, qolgan milliarderlar sevuvchi hashamatlardan xoli. Bu Markka ortiqcha narsalarga chalg‘imay, bor e'tiborini ishga qaratish imkonini beradi.

O‘tgan yili sarmoyachilar bilan bo‘lgan uchrashuvda u shunday dedi:

"Vaqtimni ahmoqona yoki jiddiy bo‘lmagan narsalarga sarflasam, bajargan ishimdan qoniqish hosil qilmayman. Men bor quvvatimni eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga sarflayman".

 

Bill Geyts elektron pochtani nazorat qiladi va "Tafakkur haftasi"ni uyushtiradi

Bill Geyts 2006 yilda o‘z blogida elektron pochtani ko‘rib chiqishda unga oddiy qaror - uch monitor yordam berishi haqida yozgan edi.