Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev Çilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” Özbekiston – Buyuk Britaniya qöşma korxonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Çilonzor tumanidagi sobiq "Algoritm" zavodi hududida taşkil etilgan “Roison Home White Goods” qöşma korxonasining umumiy yer maydoni qariyb 23 gektar, bino va inşootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu yerda 50 dan ortiq tadbirkorlik sub'yekti maişiy texnikalar, töqimaçilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qoğoz buyumlar, quriliş materiallari işlab çiqariş, metallni qayta işlaş bilan şuğullanmoqda. Uşbu korxonalarda mingdan ziyod işçi mehnat qilmoqda.
Şu yerda Çilonzor tumanida amalga oşiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham ötkazildi.
Şavkat Mirziyoyev mamlakatda yaratilayotgan qulay işbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oşiriş, eksport faoliyatini yanada rivojlantiriş zarurligini ta'kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qöllab-quvvatlaş, investitsiya jalb qiliş va kreditlar ajratiş, eksportni rağbatlantiriş kabi dolzarb yönalişlar böyiça tegişli topşiriqlar berdi.

















