2017 yil 8 aprel kuni Uçtepa tumanida noma'lum şaxs özining Matiz rusumli avtomaşinasiga yölovçi sifatida ötirgan maktab öquvçisi A.ga nisbatan zörlik işlatib, jinsiy ehtiyojini ğayritabiiy usulda qondirmoqçi bölgan vaqtda, voyaga yetmagan qiz A. unga qarşilik qilib, avtomaşinadan qoçib, şu atrofdagi fuqarolardan yordam söragan. 

Uşbu holat böyiça Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali, 119-modda, 4-qismi, ya'ni “14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojini zörlik işlatib, ğayritabiiy usulda qondirişga uriniş alomatlari” bilan jinoiy iş qözğatilgan. Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida uşbu jinoyatda Hasan Isayev gumon qilinib, uning maşinasidan voyaga yetmagan A.ga tegişli Nokia rusumli mobil telefoni aşyoviy dalil sifatida topilib qölga olindi. 

Hozirda, Isayevga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilib, tergov işlari davom etmoqda. 

Toşkent şahar IIBB mazkur holatga öxşaş jinoyatlardan jabr çekkanlar bölsa, içki işlar idoralariga murojaat qilişlarini söraydi.