Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Qirğizistonda ötadigan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengaşi yiğilişi va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) kiruvçi davlatlar yetakçilarining uçraşuviga özining kenja farzandi – 12 yoşli Nikolay bilan keldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.    

Ta'kidlanişiça, Kolya bunday uçraşuvlarga xos tarzdagi kiyimda bölgan: uning egnida yöl-yöl qora kostyum va oq köylak bölgan. KXŞT yetakçilarining norasmiy uçraşuvidan keyin Nikolayga qöriqçilar hamrohlik qilgan. 

Aleksandr Lukaşenko özining kenjatoyini tez-tez rasmiy safarlarga olib ketadi. Misol uçun, Lukaşenko 2015 yil sentabrda 11 yoşlik öğlini BMTga rasmiy delegat sifatida olib kelgan.

Nikolay Lukaşenkoning özi esa davlat rahbari lavozimida otasining vorisi bölib qolişni istamasligini aytgandi.

Lukaşenkoning 3 nafar öğil farzandi bor: Viktor (1975 yilda tuğilgan), Dmitriy (1980) va Nikolay (2004).