Özbekistonda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati «oçiqligi indeksi»ning ilk reytingi e'lon qilindi. 2017 yilning 1 yanvar kuni holati böyiça körsatkiçlarni www.ochiqlik.uz saytida köriş mumkin.

Reytingda 47ta davlat hokimiyati va boşqaruv organlari joy olgan. Reytingdagi birinçi örinda Özbekiston Respublikasi Davlat Soliq qömitasi qayd etilgan (97,5 ball).

Toşkent şahar hokimligi hamda Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 96,33 balldan töplagan holda ikkinçi va uçinçi örinlarni bölişib olgan. Törtinçi örinni 93, 67 ball bilan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi band etgan.

Farğona viloyati hokimligi (46 ball), Surxondaryo viloyati hokimligi (40,25 ball) va Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi (21,4 ball) reytingning oxirgi poğonalarida joylaşgan.

Natijalar yiliga ikki marta e'lon qilinadi - 1 yanvar va 1 iyul kunlarida.

Uşbu jamoatçilik kengaşi davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş faoliyatini muvofiqlaştiriş va monitoringini olib boriş böyiça jamoatçilik kengaşi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini oşiriş, jamoatçilik nazorati mexanizmlarini rivojlantiriş jarayonlariga kömaklaşiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2015 yildagi 320-son Qarori asosida taşkil etilgan.