Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 12 aprel kungi taşrifi davomida Çilonzor tumani hokimi Mirhidoyatov Tohir Şaropoviç işdan olingan. U bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimini tark etgan. Bu ma'lumot «Kun.uz» söroviga köra Toşkent şahri hokimiyati tomonidan tasdiqlandi.
Çilonzor tumani hokimiyati binosida bölib ötgan majlisda Mirhidoyatov boşçiligidagi rahbarlar tumandagi infratuzilmaning qoniqarsizligi, yöllarning holati uçun prezident tomonidan keskin tanqid qilingan. Prezident Çilonzor tumani aholisidan juda köplab şikoyatlar tuşgani haqida eslatib ötgan.
Hozirça tumanga yangi hokim tayinlanmadi.
Tuman militsiyasi boşliği, polkovnik Abdumajid Şermuhamedov örniga esa podpolkovnik Şavkat Tohiroviç Mavlonov tayinlangan. Tumanning yangi prokurori va yangi soliq boşliği haqida ma'lumot yöq.
Özbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun faqatgina hokimning özi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki şaharda hokim işdan olinadigan bölsa, «törtlik»ning barça vakillari — hokim, prokuror, militsiya boşliği, DSI boşliği işdan ketadi. Bu jamoaviy javobgarlik hisoblanadi.
Bundan oldinroq, 30 mart kuni ötkazilgan videoselektorda ham Toşkent şahrining Yunusobod tumani rahbariyati şu tartibda işdan olingandi.
















