Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga taşrif buyurdi. U viloyatda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişdi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev Jomboy tumanida bölib ötgan viloyatda yengil sanoatni rivojlantirişga qaratilgan qator loyihalar bilan tanişdi. 

“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi Ilhom Haydarovning sözlariga köra, “Samarqand viloyatida bu sohada özgaça dastur qilingan. Bu yerdagi loyihalarda an'anaviy bölmagan boşqaça tayyor mahsulotlar işlab çiqarişga urğu berilgan”.  

“Viloyatda sport kiyimlari işlab çiqariladi. Sönggi bir yillik faoliyat şuni körsatmoqdaki, Özbekiston mahsulotlari nafaqat MDH mamlakatlari, balki Şarqiy Yevropa davlatlarida ham öz örni, bozorini topdi. Yaqinda Prezidentimizning Rossiyaga taşrifi çoğida katta bitimga qöl qöyildi. Unga köra, Rossiya Olimpiada jamoalarining ayrim sport kiyimlari Özbekistonning Samarqand viloyatida tikiladi”, - dedi “Özbekengilsanoat” AJ raisi.