Apple korporatsiyasi hammuassisi Stiv Voznyak 2075 yilga borib dunyoni qanday körişiga boğliq fikrlari bilan bölişdi. Bu haqida USA Today'da xabar berildi.
Voznyakning sözlariga köra, kompaniya 1911 yilda asos solingan "IBM kabi uzoq faoliyat yuritadi". "Özingiz öylab köring, Apple'ning qança puli bor (246 milliard dollar). Uni istagan yönalişda investitsiya qiliş mumkin. Apple'ning 2075 yilgaça yöq bölişini taxmin qiliş kulgili bölardi. Google va Facebook ham xuddi şunday", - deb hisoblaydi u.
Şuningdek Voznyak 2075 yilga borib, odamlarning sahrolarda yaşaşi va bu noldan yaratilgan kelajak uçun eng mukammal joy ekanini aytdi. Uning fikriça, sun'iy intellekt odamlar hayotida muhim rol öynaydigan böladi.
Voznyak koinotni fath qiliş borasida ham ijobiy yondaşuvini bildirdi. U 2075 yilga borib, odamlar Marsni mustamlaka qilişga muvaffaq bölişiga va u yerliklarning sanoat markazi bölişiga işonadi. Apple hammuassisi u vaqtga borib, odamlarning özga sayyoraliklar bilan aloqa örnatişini taxmin qildi.

















