Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin mamlakat Xalq-ozodlik armiyasini keng kölamli isloh etiş doirasida 84 ta yangi harbiy qismni taşkil qiliş haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda XXR mudofaa vazirligi xabarida aytilgan.

Si Tszinpin seşanba kuni mamlakat Markaziy harbiy kengaşining Pekindagi qarorgohiga kelgan va yangi taşkil etilgan harbiy qismlar rahbarlari bilan uçraşdi. "Si Tszinpin tomonidan farmonda ma'lum qilinişiça, 84 ta yangi harbiy qism taşkil etiladi. Bu armiyani isloh etiş va mustahkamlaş böyiça yana bir muhim qadam" – deyiladi xabarda.

XXR raisining ma'lum qilişiça, yangi tuzilmalar – yangi tizimning muhim qismi bölib, Xitoy davlat suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanişini himoya qilişga yönaltirilgan.

Şuningdek, Si Tszinpin yangitdan taşkil etilgan birlaşmalar “istalgan vaqtda” uruş olib borişga tayyor bölişi, harbiy işni, barça turdagi jangovar amaliyotlarni amalga oşirişni örganişi hamda jangovarlik va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini oşirişda yordam berişi, köproq harbiy maşqlar ötkazişi kerakligini belgilab qöygan.

China Daily gazetasining yozişiça, barça 84 ta yangi tuzilma korpuslar darajasidagi birlaşmalardan taşkil etilgan bölib, bu ularning qömondonlari lavozimi oşirilganini anglatadi. Şuningdek gazetaning ta'kidlaşiça, yangi harbiy qismlar köp ehtimol bilan hozirgi tarkibni qayta tuziş yordamida taşkil etilgan.

Yangi birlaşmalarni yaratiş Xitoy qurolli kuçlarini keng kölamli isloh etişdagi muhim qadam böldi. 

Ayni damda Xitoy öz qurolli kuçlari modernizatsiyasi bilan faol ravişda şuğullanmoqda. Avvalroq Si Tszinpin texnologik innovatsiyalar “mamlakat armiyasi va milliy mudofaasini mustahkamlaşda muhim omil ekani”ni ma'lum qilgandi. Xitoy yetakçisining fikriça, mamlakat Xalq-ozodlik armiyasi kelajagi innovatsiyalar va islohotlarga boğliq.

XXR Xalq-ozodlik armiyasi 1927 yilning 1 avgust kuni taşkil etilgan. 2015 yilning sentabrida Si Tszinpin Xitoy 2017 yilning oxiriga qadar öz qurolli kuçlari sonini jangovar bölmagan tarkibdan 300 ming kişi hisobiga qisqartirişi haqida e'lon qildi. Biroq şunga qaramay, Xitoy armiyasi dunyodagi eng yirik armiya bölib qolmoqda. Uning tarkibida 2 million kişi bor.