Nazariyaga köra, harakatlanayotgan ğildirak yerda qança kam iz qoldirsa, yoqilği xarajati şunça kam, harakatçanlik darajasi şunça yuqori böladi. Yaqinda nemis muhandisi Olaf Vinklerning 1,5 ming dollarlik Uo qurilmasi sotuvga çiqib, uning egalari uşbu fizik tamoyilni tekşiriş imkoniga ega bölişadi. Kickstarter şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Maşina asosi qalin rezinali oddiy şar içida jamlangan har tomonga yönaluvçi uç ğildirakdan iborat. Ular aylanib, şarni kerakli tomonga harakatlantiradi. Şarning töğri joylaşuvi tufayli tuzilma öz muvozanatini saqlay oladi.
Transport vositasining yangiligini inobatga olgan holda, muhandis tajribasiz "haydovçilar" uçun boşqaruv qismini uşlagiç va joystik bilan ta'minladi.
Uöning maksimal tezligi - soatiga 12 kilometr, biroq Vinkler batareyalar siğimi va avtonom xizmat vaqtiga oid ma'lumotlarni oşkor qilişga şoşilmayapti.

















