Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga mazkur mamlakatning bir qator hududlarida yuz bergan kuçli suv toşqinlari oqibatida köplab insonlarning halok bölgani va bedarak yöqolgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yölladi.
«Davlatimiz rahbari Eron Prezidenti va xalqiga, qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik tuyğularini izhor etdi», — deyiladi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabarida.
Eron şimoli-ğarbida yuz bergan suv toşqinlarida qurbon bölganlar soni 35 nafarga yetdi. 8 kişi bedarak yöqolgan hisoblanmoqda.











