Sanobar Panayeva (ism-familiyalar özgartirilgan) 2009 yildan 2016 yil 25 iyulgaça Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi umumta'lim maktablarining birida direktor bölib işlagan. Faoliyati davomida maktabda ta'lim-tarbiya jarayonlarini samarali yölga qöyişni ta'minlaş barobarida, öz çöntagini qappaytirişni ham unutmagan. Bunda esa direktor jamğarmasi unga qöl kelgan, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

U 2011-2015 yillar va 2016 yilning yanvar-may oylarida 27 nafar xodimga 72 ta holatda 25 mln. sömdan ortiq moddiy rağbatlantiriş pullari notöğri tölanişiga sabab bölgan. Buning öziga xos “jihat”lari bor edi. Rağbatlantiriş pullari xodimlarning plastik kartoçkalariga ötkazib berilar, aksariyat hollarda bu mablağni direktorning özi tasarruf qilardi.

“Yil öqituvçisi”, “Oyning eng yaxşi fan öqituvçisi” tanlovlarida qatnaşib, yuqori örinlarni olgan öqituvçilarga 2011-2014 yillar davomida mukofot pullari yozilib, plastik kartoçkalariga tuşirib berilgan. Biroq, bu pullarni öqituvçilar emas, balki S.Panayeva öz ehtiyojlari uçun işlatgan ekan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergov va suriştiruv jarayonida direktor tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar töliq qoplanişiga erişildi. Sud hukmi bilan S.Panayevaga tegişli jazo tayinlandi.