Qualcomm çiplar işlab çiqaruvçi kompaniya sof foydasi 2017 moliya yilining ikkinçi çoragida ötgan yilning şu davri bilan soliştirganda 36 foizga tuşib ketib, 700 mln. dollarni taşkil etdi.

Kompaniya daromadi 10 foizga pasayib, 5 mlrd. dollarga teng böldi. Bir aksiyadan tuşgan daromad esa 0,5 dollarni taşkil etdi. Savdolar yakunlanganidan söng Qualcomm aksiyalari 2,39 foizga ösdi.

11 aprel kuni Qualcomm Apple’ni patentlarni buzişda ayblab sudga bergani oydinlaşdi. Yanvar oyi oxirlarida esa Apple Qualcomm’ni sudga bergandi. Ma'lum qilinişiça, kompaniya çiplar narxini atayin qimmatlaştirmoqda va Apple’ga ularni xarid qiliş uçun sarflangan 1 mlrd. dollarni qaytarib beriş niyatida emas.

Fevralda Qualcomm rahbari Stiven Mollenkopf Apple bilan mojaroni suddan taşqari tartibda hal qiliş niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

Qualcomm sönggi ikki yil davomida monopoliyaga qarşi qonunçilikni buziş bilan boğliq köplab ayblovlarga duç keldi. Kompaniyani 3G/4G texnologiyasini noqonuniy lisenzion yiğişda ayblaşmoqda. 

Xitoyda Qualcomm 975 mln. dollar, Janubiy Koreyada esa – 853 mln. dollarlik jarimaga tortildi. Bundan taşqari, u Yevropa va Tayvanda umumiy qiymati 3 mlrd. dollar bölgan jarimaga ham tortilişi mumkin.

Keyinçalik AQŞ Federal savdo komissiyasi çiplar işlab çiqaruvçisini simsiz aloqa sohasidagi öta muhim patentlar portfelidan raqobatçilarni yöqotiş maqsadida foydalanganlikda aybladi.