Ayni vaqtda Qirğizistonda Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan 647 nafar uruş faxriysi hayot keçirmoqda. Bunday ma'lumotlarni Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati keltirib ötdi. 

Vazirlik ma'lumotlariga köra, ular orasida 176 nafar Ikkinçi jahon uruşi nogironi va 418 nafar uruş qatnaşçisi, baloğatga yetmagan davrida konslagerlar mahbusi bölgan 25 kişi va Leningrad qamalini boşidan keçirgan 28 kişi bor.

Vazir Lunara Mamitovaning aytişiça, Ikkinçi jahon uruşi faxriylari respublika byudjyetidan har oylik va har yillik tölovlar oladilar. 2010 yil yanvaridan boşlab faxriylar imtiyozlar örniga quyidagiça pul kompensatsiyalari olib keladilar:  

– Ikkinçi jahon uruşi nogironlari va qatnaşçilari, Leningrad qamalini boşdan keçirganlar va konslagerlarda baloğatga yetmagan davrida mahbus bölganlar – 7 ming som (joriy kurs böyiça 102 dollar, 1 AQŞ dollari = 67,8 qirğiz somi);

– nogironlikka ega, front ortida mehnat qilganlar – 2 ming som (30 dollar);

– Ikkinçi jahon uruşi nogironlari va qatnaşçilarining bevalari, Ikkinçi jahon uruşidagi mehnati uçun mukofotlar olgan front ortida mehnat qilganlar – ming som (15 dollar).  

Şuningdek, Ikkinçi jahon uruşi nogironlari va qatnaşçilari, baloğatga yetmagan davrida konslagerlar mahbusi bölganlar va Leningrad qamalini boşdan keçirganlar 2010 yildan boşlab 10 ming som (147 dollar) miqdorida Qirğiziston prezidentining har oylik umrbod stipendiyasini olib keladilar.

Özbekistonda
Ma'lumotlarga köra, Özbekistonda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari soni 1600 nafardan ortiqni taşkil qilmoqda. 2016 yilda ularning soni 2200 nafardan ortiq bölgan.

2013 yilda Ikkinçi jahon uruşida qatnaşganlardan faqatgina 5200 nafari, front ortida mehnat qilganlarning esa 100 ming nafari hayot edi.

2012 yilda esa Özbekistonda 6632 nafar uruş qatnaşçisi, 115 ming front orti mehnatkaşlari bor edi.

Uruşdan oldin Özbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yaşagan bölsa, şundan 1,5 millioni janglarda bevosita iştirok etgan. 500 mingga yaqin yurtdoşlarimiz uruşda halok bölgan. 

Uruş boşlanişi bilan front hududlaridan Özbekistonga köçirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni el-yurtimiz qabul qilgan.