Bugun, 21 aprel kuni Harakatlar strategiyasining birinçi çoragi natijalariga bağişlangan anjuman bölib ötdi. Bu strategiyaning natijalariga bağişlangan ilk tadbir hisoblanadi. Unda öndan ziyod vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etişdi. Dastlab har bir soha vakili öz yönalişi böyiça amalga oşirilgan işlarga oid hisobot berdi. Şundan keyin ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqitirgan savollarga javob berildi.

Jumladan, "Kun.uz" sayti muxbiri tadbirda qatnaşgan Markaziy bank raisi örinbosari Şoxruh Şoahmedovga banknotalar haqida savol bilan murojaat qildi:
"Yaqinda 10 000 sömlik banknota muomalaga kiritildi, undan avvalgi banknotalar esa, hammaga ma'lum - 5000 va 1000 sömlik. Mening nazarimda va öquvçilarimiz yuborayotgan maktublarga köra, banknotalar orasidagi farq juda katta. Bu jamoatçilik transportlari yoki xaridlar uçun hisoblaşişda aholiga ma'lum bir qiyinçiliklarni keltirib çiqarmoqda. Şu bois istiqbolda 2000 yoki 3000 sömlik banknotalarni işlab çiqariş rejasi bormi?"
Savolga javob berişda banknotalar orasidagi farq haqiqatda katta ekanligi tan olindi. Biroq ular özidan-özi emas, maxsus qaror asosida, tegişli vazirlik va mutasaddi taşkilotlar bilan muvofiqlaştirilgan holda çiqarilişi qayd etildi. "Odatda pul muomalasi tajribasidan kelib çiqqan holda, har bir davlatda örtaça 6-9 tagaça nominal aylanişini kuzatişimiz mumkin. Siz aytayotgan yaqin kelajakdagi rejada hozirça 2000-3000 yoki 15 000 -20 000 sömlik banknotalar işlab çiqariş rejasi Markaziy bankda mavjud emas", - deya javob berdi Ş.Şoahmedov.

















