21 aprel kuni poytaxtimizdagi "Media Xoll" majlislar zalida vazirlik va idoralar, şuningdek OAV vakillari iştirokida Harakatlar strategiyasining birinçi çorak natijalariga bağişlangan anjuman bölib ötdi. Ta'kidlaş joizki, 2017 yilning 1 mart kuni "Taraqqiyot strategiyasi" markazi rasman öz işini boşlagan.
Markazning asosiy vazifalaridan biri - jamoatçilik va davlat idoralari örtasida öziga xos köprik rolini bajariş. Şu sa'y-harakatlar natijasida ötkazilgan bugungi tadbirda xalq vakillarining savollari davlat idoralari xodimlariga yetkazildi. Xususan, "Kun.uz" muxbiri Markaziy bank rais örinbosari Şoxruh Şoahmedovga bankomatlar haqidagi savol bilan yuzlandi:

"Heç kimga sir emas, yurtimizda bankomatlar bilan boğliq muammolar mavjud. Ularning bartaraf etilişi böyiça qanday işlar olib borilmoqda?"
Markaziy bank vakili bugungi kunda bankomatlar bilan ta'minlaş jarayoni jadal sur'at olgani, bu borada çorakma-çorak işlar olib borilayotganini ta'kidladi. Şuningdek, "1 martdan hamma joyda terminal işlayotgani"ni quvonç bilan qayd etdi.
"Bundan taşqari respublika hududida joriy yil oxiriga qadar bankomatlar, plastik kartalar va boşqa qurilmalarni olib keliş rejaga kiritilgan, bular hammasi amalga oşiriladi. Bu işlarni amalga oşiriş uçun qator idoralarga imtiyozlar berildi", - deya sözlarini yakunladi Markaziy bank rais örinbosari.
















