Bugun poytaxtda bölib ötgan "Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-çorak yakunlari" anjumanida bir qator vazirlik va idoralar vakillari şu kunga qadar öz yönalişlarida Strategiya böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berişdi. Jumladan, Iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş yönalişida qanday işlar amalga oşirilgani ma'lum qilindi:

  • Temir yöl sohasida yuqori tezlikdagi "Talgo-250" rusumli yölovçi poyezdini sotib oliş, temir yöl liniyalarini quriş, ta'mirlaş, elektrlaştiriş hamda vagonlar tarkibini yangilaş kabi 6 ta loyiha doirasida 107,7 million dollar mablağ özlaştirildi;
  • Tayyor çarm-poyabzal mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça umumiy qiymati 12,7 million dollar bölgan 10 ta loyiha amalga oşirildi;
  • Töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş sohasiga 32 million dollar miqdorida investitsiyalarni jalb qiliş hisobiga 3 ta yangi va modernizatsiya qilingan zamonaviy yengil sanoat korxonalari işga tuşirildi;
  • Avtomobil yöllari holatini yaxşilaş va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş loyihalari doirasida 102 milliard sömlik işlar bajarildi. 1130,4 kilometr içki xöjalik yöllari, qişloq hamda ovullar köçalari töliq va joriy ta'minlandi;
  • Suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş maqsadida 1800 kilometrdan ortiq kollektor-drenaj tarmoqlari hamda 15 dona gidrotexnika inşootlari rekonstruksiya qilindi;
  • Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş, meva-sabzavot, kartoşka va uzum işlab çiqariş hajmlarini oşiriş, içki bozorda ularga bölgan narxlar keskin oşişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar natijasida:

- barça toifadagi xöjaliklarning asosiy maydonlariga 106,5 ming gektar sabzavot, 64,9 ming gektar kartoşka va 9,4 ming gektar poliz ekinlari ekildi;

- fermer, dehqon xöjaliklari va tadbirkorlar tomonidan 89 gektar maydonda issiqxonalar, 14,1 tonna hajmli muzlatkiç-omborxonalar hamda 28,8 mingta xonadonlarda 287 gektar issiqxonalar taşkil etildi.