21 aprel kuni Toşkent şahrida bölib ötgan "Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-çorak yakunlari" anjumanida bir qator vazirlik va idoralar vakillari şu kunga qadar öz yönalişlarida Strategiya böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berişdi. Xususan Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş yönalişida qanday işlar amalga oşirilgani ma'lum qilindi:
- Qonun hujjatlarini tarqatiş tizimi tubdan takomillaştirildi;
- Sud tizimini yanada isloh etiş orqali bir qator muhim qonun hujjatilari qabul qilindi. Xususan, sudyalik lavozimida bölişning ilk marotaba 5 yillik, navbatdagi 10 yillik muddatga va sudyalik lavozimida bölişning muddatsiz davriga muayyan tartibda tayinlanişi yoki saylanişi belgilandi;
- Sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilişini ta'minlaşga kömaklaşadigan Sudyalar oliy kengaşi taşkil etildi. Sudlarni yanada ixtisoslaştiriş, sud apparatini mustahkamlaş, şu jumladan xöjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 71 ta tumanlararo tuman (şahar) iqtisodiy sudlari taşkil etilişi belgilandi;
- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaş maqsadida 27 ta huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari taşkil etildi;
- Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xöjalik qonunçiligini takomillaştiriş orqali ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan muqobil jazo turlarini qöllaş kölami kengaytirildi. Jumladan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etiş orqali tarbiyaviy ta'sir körsatiş çoralarini kuçaytirişga qaratilgan "majburiy jamoat işlari" jinoiy jazosi kiritildi;
- Qonunçilikka kiritilgan özgariş va qöşimçalarga muvofiq, fuqarolik işi böyiça sud qarorini nazorat tartibida qayta körib çiqiş muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilişi belgilandi.

















