Havo gaz va korxonalarning zararli chiqindilardan tabiatning shamol, yomg‘ir, qor kabi tabiiy jarayonlari hisobiga tozalanadi. Yopiq inshootlarda bunday "tozalash tizimi" ko‘zda tutilmagan, shu bois bino ichidagi havo tashqaridagidan iflosroq bo‘lishi mumkin. Yopiq inshootlarda changdan tashqari, mebel, qurilish materiallari va maishiy kimyo vositalaridan ajraladigan zararli moddalar to‘planadi.

Inshootlardagi mikroiqlimni oddiy xona gullari yordamida yaxshilash mumkin. Ma'lum bir o‘simlik turlari havo namligini oshirib va ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasini kamaytirib, biofiltr kabi ta'sir ko‘rsatadi. Don't Panic nashri havoni tozalashda maxsus qurilmalardan-da samarali 10 o‘simlik turi haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Xlorofitum

Eng oddiy xona o‘simliklaridan biri formaldegid, azot birikmalar va benzolni o‘ziga tortib oladi. Shuningdek bu o‘simlik havoga xavfli mikroflora rivojlanishini oldini oluvchi  moddalarni ajratadi. Fen-shuy ekspertlarining ta'kidlashicha, u yana salbiy energetika bilan ham kurashadi.

Ingliz pechagi

Mog‘or qo‘ziqorinlar, og‘ir metallar tuzlari, toksinlar va formaldegid - ingliz pechagi mana shu barcha zararli moddalar bilan kurashadi. U boshqalardan faolroq karbonat angidrid yutib, kislorod chiqaradi.

Nefrolepis

Lomariopsis oilasi qirqquloqlar turidagi o‘simlik nafaqat havoni tozalaydi, balki uni namlantiradi ham. 2-3 nefrolepis o‘simligi 20 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonga ega  inshoot namligini 75 foizgacha oshira oladi.

Spatifillyum

O‘simlik havoni ko‘plab zararli organik birikmalardan tozalaydi va mikroorganizmlarni kamaytiradi. Spatifillyum benzol, formaldegid, trixloretilenning tabiiy sorbenti hisoblanadi.

Xitoy aglaonemasi