Sport | 14:31 / 23.04.2017
12823
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» jarohatlangan Ibrahimovich o‘rniga boshqa futbolchi topdi

«Manchester Yunayted» asosiy hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning jiddiy jarohat olgani tufayli «Torino» hujumchisi Andrea Belottiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mirror xabar bergan.

«MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum davomida 23 yoshli Belottini tarkibga qo‘shib olish uchun harakat qilib kelgandi. Ammo klub bu futbolchi transferi uchun 84 million funt sterling to‘lashiga to‘g‘ri kelardi - bu mablag‘ futbolchining «Torino» bilan 2016 yil dekabrida imzolangan shartnomada badal puli sifatida belgilangan.

Ibrahimovich Yevropa Ligasining 1/4 finalida «Anderlext»ga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida tizzasidan jarohatlangandi. Record ma'lumotiga ko‘ra, u mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi ham mumkin, jamoaning boshqa bir hujumchisi Ueyn Runi esa «MYu»ni  mavsum yakunida tark etadi va «qizil iblislar»ga yangi mavsumda ikki hujumchi kerak bo‘ladi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Belotti 29 uchrashuv o‘tkazib 25 gol urdi.

Mavzuga oid