Meksikada eng qidiriluvçi narkobaronlardan biri, "Körfaz" narkokarteli yetakçisi, Komandante Buqa laqabli Xulian Manuel Loysa Salinas banditlar va federal kuçlar örtasidagi töqnaşuv vaqtida öldirildi. Bu haqda Tamaulipas ştati rahbariyati tvitterida ma'lum qildi.

"Federal kuçlar Tamaulipasda jinoyatçilar bilan töqnaşuvda jinoyatçilar Buqa va Panço Karreon öldirilganini tasdiqlaydi", deb aytilgan xabarda.

Salinas Tamaulipas ştatining Reynosa şahrida yöq qilingan.

AQŞ bilan çegaradoş Tamaulipas ştati Meksikaning ikkita kuçli kartellari "Los-Setas" va "Körfaz" örtasida AQŞga giyohvand moddalar yetkazib berişni nazoratga oliş uçun jang maydoniga aylangan. Meksika hukumati ma'lumotlariga köra, Salinas odamlarni öğirlaş, neft öğirlaş, qurol-aslaha va giyohvand moddalar sotişda gumon qilingan.