Rossiya davlat xaridlari saytida «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» OAJ poyezdlarni avtopilot rejimida boşqariş böyiça texnologiya işlab çiqaruvçilarini qidirayotgani haqida ma'lumot paydo böldi. Işlanma keyinçalik Moskva va Oktyabrsk temir yöllarida joriy etilişi mumkin.
Rossiya temir yöllari barça işlar 2019 yilning oxiriga qadar yakunlanişi kerakligini belgilab qöygan. Dasturiy-apparat majmuasini işlab çiqişga taxminan 318 million rubl sarf etiş möljallangan.
Interfaks yozişiça, Rossiya temir yöllari bir qança vaqt muqaddam avtopilotli texnologiyalarni qöllay boşlagan. Leningrad viloyatining Lujskaya bekatida lokomotivning avtomatik boşqaruviga ega vagonlaridan foydalanilmoqda.
Avtopilotli texnologiyani joriy etişni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş rejalaştirilgan. «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» katta vitse-prezidenti Valentin Gapanoviçning avvalroq ma'lum qilişiça, bunday dasturlarni rivojlantiriş kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari içiga kiradi. Bu kadrlar bilan boğliq muammolarni hal qiliş va maşinistlarning işini yengillaştiriş imkonini beradi, sababi qator nostandart vaziyatlarda avtopilot boşqaruvni öziga olişi yoki operatorga yölning murakkab qismlarida yordam berişi mumkin.

















