Turkiya huquq-tartibot organlari mamlakatning 54 provinsiyasida Fathulloh Gulenning FETO taşkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 803 kişini qölga oldi. Bu haqida Turkiyaning NTV telekompaniyasi xabar berdi. 

Manbaga köra, qölga olinganlarning aksariyati - politsiya xodimlari. Operatsiyada 8 mingdan ortiq politsiyaçi iştirok etdi.

Telekanalda ma'lum qilinişiça, amaliyot tunda ötkazilgan.

Turkiya hukumati AQŞda yaşab kelayotgan Fathulloh Gulenni 2016 yilning 16 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgan davlat töntaruvi harakati taşkilotçisi deb hisoblaydi. Hukumat isyonni bostirişga muvaffaq böldi. Buning natijasida 241 nafar kişi halok böldi, 2 mingdan ortiği jarohat oldi. 

Turkiya IIV rahbari Sulaymon Söyluning ma'lum qilişiça, öşandan buyon mamlakatda Gulen taşkiloti bilan aloqadorlikda gumon qilingan 113 ming kişi qölga olingan.