«Çegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti dunyoning 180 mamlakatida faoliyat yurituvçi OAVlari erkinligi va söz erkinligiga doir hisobotini e'lon qildi. 

Tadqiqot natijalariga köra, Özbekiston 169-öringa (2015 yilda 166-örin) munosib körilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirğiziston 89-örinni egallab, bu borada eng yuqori natijani körsatib turibdi. 

Qozoğiston 157-, Tojikiston 149-örinni egallagan. Rossiya 2015 yildagi kabi 148-öringa joylangan bölsa, AQŞ natijasi ham unçalik qoniqarli emas. Amerika 43-öringa loyiq körilgan.

OAV va söz erkinligi eng yuqori darajada ta'minlangan davlatlar beşligiga Norvegiya, Şvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Niderlandiya kiritilgan.

Eng erksiz OAV esa, Xitoy, Suriya, Turkmaniston, Eritreya va Şimoliy Koreyada deb topilgan.