07:49 / 27.04.2017
13306

Latviyalik Donbassdagi ixtilofda 100 dan ko‘proq odamni o‘ldirganini tan oldi

Foto: LETA

Latviya fuqarosi Artyom Skripnik tergov davomida Latviya politsiyasiga Donbassdagi harbiy ixtilofda mergan sifatida ishtirok etib, 100 dan ko‘proq odamni o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda Delfi nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, sud Skripnikning ko‘rsatmalari videoyozuvi bilan tanishib chiqqan. Unda erkak 2008 yildan Moskvada "harbiy mavzulardagi" guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etganini, 2014 yilda esa unga guruh tarkibida Ukraina sharqiga borish taklif qilinganini so‘zlab bergan. 

Skripnikning aytishicha, unga harbiy ixtilofdagi ishtiroki uchun kuniga 20 ming rubl berish va'da qilingan. U jangovar harakatlarda bevosita 2014 yil iyulidan 2015 yil apreligacha ishtirok etgan. U mergan sifatida 100 dan ko‘proq odamni otib o‘ldirganini tan olgan.

2015 yil may oyida Skripnik Rossiyada chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlangan va oktabrda ozod qilingan. So‘ngra u Latviyada 2016 yil boshida qo‘lga olingan. 

Mavzuga oid
Top