27 aprel kuni Halab şahrida Suriya futbol premer-ligasi doirasidagi uçraşuv ötkaziladi. TASS agentligi xabariga köra, Halabning «Al-Ittihod» va Damaşqning «Al-Jayiş» jamoalari uçraşadi.
Uçraşuv va muxlislar xavfsizligini ta'minlaş uçun rossiyalik harbiylar bataloni jalb etiladi.
«Hali ham hududda vaziyat butunlay tinçigani yöq. Stadionga kiruvçilardan petardalar olib qöyiladi, portlovçi moddalar olib kirilmasligi ta'minlanadi», — degan harbiy politsiya bölimi komandiri Aslambek Bersanov.
Uşbu uçraşuvga yöllar notinçligi uçun Damaşqdan muxlislar taşrif buyurişmagan.
Ötgan oyda ozod etilgan Halabda 25 aprel kuni ijtimoiy obektlar faoliyati tiklangandi.
















