Apple kompaniyasi yuristlari Yevropa patent idorasini faqatgina özlari mevalardan logotip sifatida foydalanişga haqli ekanligiga işontira olişdi.
Apple kompaniyasi tişlangan olma aholi ongidan şunçalik mustahkam örin egallaganki, bozorning şu segmentida boşqa meva tuşirilgan logotip ham soxta soliştirişlar va iste'molçilarning adaşişiga sabab bölişini isbotlay olgan.
Kompaniya Pear Technologies öz logotipida tişlangan nok tasvirini işlatişni möljallay boşlaganidan söng Yevropa patent idorasiga murojaat qilgan.
“Öz-özidan ma'lumki, nok — olma emas. Biroq nok körinişidagi logotip, ayniqsa uning abstrak şakli, nozik silueti va yuqoriga çiqib turgan bandi e'tiborga olinsa — Apple ning maşhur logotipi bilan aniq taqqos vujudga keladi.
Boşqaça qilib aytganda, nok — olma singari yaxşi meva, mana, Pear Technologies öz iste'molçilariga nimani şa'ma qilmoqda”, — deyiladi Yevropa patent idorasining tuşuntirişida.

Ilgariroq Apple Pear Teçnologies’ning nok körinişidagi, “olma”ga öxşamaydigan boşqa logotipining qayddan ötişiga ham tösqinlik qilgan edi.

Endi xalqaro mahsulot belgilari reyestrida nok tasvirlangan yana bir neçta mahsulot belgilari bor. Masalan, mana bu belgiga nisbatan ham ariza topşirilgan (aftidan, yana Apple tomonidan):

Hozirça Apple nokka qarşi kuraşiş bilan çeklanadimi yoki texnika va soft işlab çiqaruvçi boşqa kompaniyalarning “mevali” logotiplariga ham qarşi kuraşadimi, aniq emas.
Xususan, Raspberry Pi Foundation (bank kartasi kattaligidagi bir platalari kompyuter işlab çiqaruvçi kompaniya) juda köp mamlakatlarda, jumladan, AQŞda ham özining «rezavorli” mahsulot belgisini qayddan ötkazgan:























