Yoşlar va voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni oldini oliş, profilaktika işlarini kuçaytiriş maqsadida Toşkent şahridagi ta'lim muassasalaridagi “davomat”lar,  öquvçi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini özlaştirib boriş holatlari yuzasidan 12ta maktabda, 13ta kollej va litseyda “Davomat” tadbirlari ötkazildi.

Ötkazilgan tadbirlar davomida 14 nafar maktab, 9 nafar kollej, 5 nafar litsey öquvçilari turli sabablarga köra dars maşğulotlarida qatnaşmayotganligi aniqlangan. Toşkent IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida şu haqda ma'lum qilindi. 

Şu bilan birga, 17ta internet-kafelarda ötkazilgan reydlar davomida, 14 nafar öquvçilar dars vaqtlarida, 3 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan söng internet-klublariga taşrif buyurganlari aniqlandi.

Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondaşib kelgan 2ta internet-kafe ma'muriyati va 6 nafar ota-onalarga nisbatan ma'muriy ta'sir çoralari körildi.