Rossiyaning Kemerovo viloyatida, Kiselevsk şahridagi Vaxruşev avtobazasi xodimlari "BelAZ" yuk maşinasining katta ölçamli ğildiragini dam berişga qöyib, uni unutib qoldirganlar. Oqibatda ğildirak keragidan ortiq şişib ketib, oxir-oqibat yorilgan.  

Ğildirak havoga uçib, sal narida turgan yengil avtomobilning ustiga tuşgan va uning paçoğini çiqargan. Xayriyatki, maşina içida heç kim bölmagan. Uşbu holat tasvirlangan video internetda paydo böldi.