Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zamonamizning eng yaxshi murabbiylari aniqlandi. Gvardiola yetakchi
Fransiyaning L’Équipe nashri zamonamizning eng yaxshi murabbiylari reytingini e'lon qildi.
Nashrning 33 jurnalisti ishtirok etgan mazkur so‘rovnoma orqali dunyoning top-50 murabbiyi ro‘yxati shakllantirildi.
Unga ko‘ra, «Barselona» va «Bavariya» klublari sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Manchester Siti»ga ustozlik qilayotgan Xosep Gvardiola yetakchilik qilmoqda.
Kataloniyalik murabbiy reytingda «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte va «Atletiko» ustozi Diyego Simeoneni ortda qoldirib ketgan.
L’Équipe talqiniga ko‘ra, dunyoning eng zo‘r murabbiylari reytingi top-10ligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Xosep Gvardiola («Manchester Siti»)
2. Antonio Konte («Chelsi»).
3. Diyego Simeone («Atletiko»)
4. Karlo Anchelotti («Bavariya»)
5. Joze Mourino («Manchester Yunayted»)
6. Massimiliano Allegri («Yuventus»)
7. Yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi)
8. Zinedin Zidan («Real»)
9. Leonardu Jardim («Monako»)
10. Yurgen Klopp («Liverpul»).
Mavzuga oid
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
16:55 / 19.05.2026
Gvardiola «Siti»dan ketmoqda
20:46 / 30.04.2026
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Madridda 180 ta xonadonga egaligi ma’lum bo‘ldi
19:53 / 23.09.2025