Kiçik Trampning fikriça, prezidentning 100 kun içidagi eng katta yutuqlari IŞIDga qarşi kuraş, Suriyada raketalar bilan hujum berişda  qat'iy qaror qabul qilgani hamda Şimoliy Koreyaga qarşi qat'iy turgani hisoblanadi.

"Otam boş qömondon sifatida Suriyaning öz xalqiga kimyoviy qurol qöllagan prezidenti Başar Asadga qarşi tura olmoqda. Amerika IŞIDga qarşi kuraşmoqda — Afğonistondagi ğorlardan tortib, Mösulgaça bölgan hududda. Qöşma ştatlar Şimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlar bilan ham şuğullanmoqda", deya kiçik Trampning sözlarini keltirgan Fox news.

Uning fikr bildirişiça, Trampning prezidentligi dunyo hamjamiyatiga "amerikança qat'iylik"ni eslatib qöydi. U otasining xalqaro miqyosdagi muammolar böyiça hal qiluvçi qarorlar qabul qilayotganini e'tirof etgan.

"Mening otamning yetakçiligi Amerika çegaralari bilan çeklanib qolmaydi. Ittifoqçilarimiz ham, duşmanlarimiz ham amerikança qat'iylik nima ekanini körib olişmoqda", deya qayd etgan kiçik Tramp.

Amerikaliklar prezidentining öğli qayd etib ötganki, Tramp AQŞning qudratini tiklaş va yanada yuksaltiriş uçun iş olib bormoqda.

Kiçik Trampning sözlariga köra, AQŞning 45-prezidenti "heç qaçon qiyin çaqiriqlardan qoçmaydi, çunki, mamlakat taqdiri muammolar yeçilişiga boğliq böladi".

Oq uy rahbari öğlining fikriça, Trampning prezidentlikdagi 100 kuni "Amerika iqtisodiga bölgan işonç"ni ham qaytardi.

Oq uy Trampning yuz kun içidagi eng katta xizmati nima ekanini aytdi