Oliy Liga. «Lokomotiv» 7 gol urdi, «Dinamo» va «Nasaf» oçko yöqotdi, «Qöqon-1912»da safardagi ğalaba
|01:11 / 30.04.201717 8366 min
Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmatiFoto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati
Bugun Oliy Ligada 8-tur uçraşuvlari davom ettirildi.
«Qöqon-1912» Ğuzorga safar qildi va oldingi turlarda «Paxtakor» hamda «Lokomotiv» jamoalarini yenggan «Şörtan» ustidan ğalaba qozonib qaytdi.
Mezbonlar futbolçisi Boymatov penaltidan hisobni oçgaç, qöqonliklar jamoasi birinçi bölimdayoq uçta javob goli yöllaşga muvaffaq bölişdi. Ikkinçi bölimda Narzullayev urgan gol «Şörtan»ga yordam bermadi - 2:3.
Bu natijadan keyin Nö'mon Hasanov şogirdlari 8 öyindan 17 oçko işlagan holda turnir jadvalida ikkinçi örinda joylaşgan. «Şörtan» esa 9 oçko bilan 10-örinda qoldi.
Turning yana bir uçraşuvida «Dinamo» kutilmaganda autsayder «Söğdiyona»ga oçko ulaşdi. Uçraşuvda hisobda oçgan «Dinamo» futbolçisi Amirjon Safarov sönggi daqiqalarda jamoga durang olib keluvçi golni urdi. Mehmonlarning gollariga Raşidov (64) va Toşpölatov (84) mualliflik qilgan. Bu natijadan keyin samarqandliklar jamoasi 14 oçko bilan uçinçi örinda, jizzaxliklar esa 8 turda 8 oçko töplab, 13-örinda ketmoqda.
«Neftçi» öz maydonida «Olmaliq»ni qabul qilib, durang öynadi 1:1.
«Buxoro» safarda «Metallurg»ni mağlubiyatga uçratdi. Uçraşuvda 1:2 hisobi qayd etildi. «Metallurg»ning yagona javob goli 83 daqiqada Abdullayev tomonidan kiritildi.
«Lokomotiv» va «Obod» jamoalari örtasidagi derbi bahsida esa amaldagi çempionlar yirik hisobda ğalaba qozondi. Öyinda Murodbek Bobojonov va Jaloliddin Maşaripov ikkitadan, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev hamda Ikrom Aliboyev bittadan golga muallif bölişdi.
Bu ğalabadan keyin «Lokomotiv» turnir jadvalida 7 öyindan 18 oçko jamğargan holda peşqadam bölib turibdi, «Obod» 5 oçko bilan 15-örinda.
Turnir yana bir uçraşuvida «Nasaf» «Qizilqum» maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi natija bilan qaytdi. Öyinda har ikki jamoa gollarini penaltidan kiritdi.