Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevga Öş viloyati Özgan tumanida 2017 yil 29 aprel kuni sodir bölgan tuproq köçkisi oqibatida köplab insonlar halok bölgani yuzasidan hamdardlik bildirdi.
«Mening çuqur ta'ziyamni qabul qilişingizni va butun Qirğiziston xalqiga, jumladan, halok bölganlar va jabr körganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazişingizni sörayman», — deyiladi ÖzA tomonidan keltirilgan Özbekiston prezidentining Qirğiziston prezidentiga yöllagan maktubida.
Qirğizistonda 29 aprel kuni röy bergan yer köçkisi oqibatida 24 kişi qurbon böldi. Şu munosabati bilan 30 aprel motam kuni deb e'lon qilingan.
Qirğizistondagi köçki: odamlar ogohlantirişlarga qaramay, öz uylarini tark etişni istaşmagan












