AQSh koalitsiyasi Suriya va Iroqda 352 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Foto:EPA
AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriya va Iroqda amalga oshirgan aviazarbalari oqibatida 2014 yildan shu kungacha 352 fuqaro halok bo‘lgan. Bunday ma'lumotlar koalitsiyaning rasmiy hisobotida keltirildi.
Tinch aholi orasidagi qurbonlar haqidagi yangi hisobotga avval hisobga olinmagan, 2015 yildan hozirgacha halok bo‘lgan 80 kishi kiritildi. Bundan tashqari, koalitsiya 2016 yil noyabridan 2017 yil martigacha bo‘lgan davrda 45 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Mart oyida 3 ta aviazarba oqibatida umumiy hisobda 26 kishi halok bo‘lgan.
"Biz fuqarolik shaxslarining halok bo‘lganidan afsusdamiz hamda ularning oilalari va bu zarbalardan jabrlangan barchaga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Bu qasddan qilinmagan", deb aytildi koalitsiya bayonotida. Hisobotga ko‘ra, koalitsiya 2014 yil avgustidan 2017 yil martigacha Suriya va Iroqda umumiy hisobda 20205 ta aviazarbani amalga oshirgan.
Biroq Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, huquq himoyachilarining baholashicha, aviazarbalar natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni rasmiy ma'lumotlardagidan ancha ko‘proqdir va 3 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi.
1 aprelda Pentagon koalitsiya aviazarbalari oqibatida 229 fuqaro halok bo‘lganini tan olgan hisobotni chop etgandi. Ulardan bir qismi Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda Jorja Melonining tashrifi doirasida O‘zbekiston–Italiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:55
-
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi
Jamiyat | 13:55
-
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi
Jahon | 13:25
-
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda
O‘zbekiston | 13:12
Mavzuga oid

10:30
AQSh muzokaralarga xalaqit bermaslik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti

09:50
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Ukrainadagi urush borasidagi pozitsiyamiz AQSh bilan bir xil

09:09
NYT: Tramp dunyoni AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida bo‘lish niyatida

21:33 / 28.05.2025