Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler kutilmaganda siyosatga qaytiş istagini bildirdi. Bu haqda Daily Mirror naşri xabar bermoqda. Gap şundaki, Bler Britaniyani breksit böyiça befoyda bitimdan qutqarib qolmoqçi.

Uning aytişiça, breksit bilan boğliq vaziyat uni "siyosatda faolroq iştirok etişga" undagan sabab böldi.

Bler, şuningdek, qirollikni qutqariş uçun hamma narsaga, hattoki "qölini kir qilişga" ham tayyorligini aytdi.   

Siyosatçining aytişiça, u breksit uçun ovoz bergan xalq istagiga bepisandlik qilmoqçi emas. Biroq uning fikriça, breksit böyiça yakuniy kelişuv taqdim qilinganda britaniyaliklarning bu masala böyiça fikrlari özgarişi mumkin.

Avvalroq qirollikning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça vaziri Devid Devis breksit böyiça muzokaralar Britaniya tarixidagi eng murakkabi bölişini aytgandi.