Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni «Mamlakatni modernizatsiya qiliş va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etiş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişda prokuratura organlari rolini kuçaytiriş töğrisida»gi farmonini imzoladi. Hujjat matni Lex.uz saytida çop etildi.
2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasini beş ustuvor yönaliş böyiça faol amalga oşiriş maqsadida «mamlakatdagi qonun ustuvorligi va huquqiy tartibni ta'minlaşda prokuratura organlari salohiyatidan töliq foydalaniş, inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yönaltirilgan qonunçilik aktlarining sözsiz ijrosini ta'minlaş» talab etiladi.
Şunga binoan, prokuratura organlarining ustuvor vazifasi sifatida «Xalq manfaatlariga xizmat qiliş» belgilangan. Uşbu oliy maqsadga jamiyatda qonuniylikni mustahkamlaş, qonunlarning sözsiz bajarilişini samarali nazorat qiliş hamda inson huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş, demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yönaltirilgan qonunçilik aktlari ijrosini ta'minlaş orqali erişiş nazarda tutilgan. Farmonda belgilanganidek, prokuratura organlarining asosiy e'tibori:
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça kompleks dasturlarning sözsiz ijro etilişini nazorat qiliş, amalga oşirilayotgan islohotlarga töğanoq bölayotgan omillar va tizimli nuqsonlarni aniqlab barham beriş;
Tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş;
Aholi bilan oçiq bevosita muloqot olib boriş, fuqarolar murrojaatlarini öz vaqtida hal etiş, aholi huquqiy madaniyatini oşiriş, jamiyatda qonunbuzarlikka nisbatan salbiy munosabatni şakllantiriş;
Kam ta'minlangan oilalarning manzilli ijtimoiy himoyalanişini ta'minlaş, yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça dasturlarning hayotga tatbiq etilişi, iş haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalarning öz vaqtida tölanişini nazorat qiliş;
Sifatli tibbiy yordam, aholiga sotilayotgan dori vositalarining arzonligi, ta'lim jarayoni sifati, fuqarolarning arzon uy-joylar bilan ta'minlanişi, turarjoylar xarid qilişda kreditlar ola bilişi, birinçi navbatda, yoş oilalar, yetim bolalar, kommunal xizmatlar körsatilişi sifati hamda tölovlarning öz vaqtida ado etilişini nazorat qiliş;
Tabiiy boyliklar va yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanişni nazorat qiliş vazifalariga qaratilgan.

















