NHTBT portalida Issiqlik quvvati, issiq va sovuq suv sarfini hisobga oliş priborlarini qiyoslaşdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi muhokama uçun joylaştirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Hujjatda mazkur tadbirlarni amalga oşirişning quyidagi sxemasi nazarda tutiladi.
1-qadam. Issiqlik va içimlik suvi ta'minoti taşkilotlari har bir hisobga oliş priborining qiyoslaşlararo interval muddati hisobini yuritişadi, bir yil uçun hisobga oliş priborlarini qiyoslaşdan ötkaziş reja-jadvali işlab çiqişadi, oldingi qiyoslaş davrining amal qilişi tugaşidan kamida 30 kun oldin yangi qiyoslaşdan ötkaziş zarurati töğrisida iste'molçilarni xabardor qiladi.
2-qadam. Iste'molçi xabarnomani olganidan söng qiyoslaşdan ötkaziş haqidagi ariza bilan hududiy ta'minot taşkilotiga murojaat qilişi darkor.
3-qadam. Iste'molçining arizasi olingandan keyin 5 kun mobaynida ta'minot taşkiloti hisobga oliş priborini yeçib olişga vakolat berilgan xodimni yuboradi, u iste'molçi bilan kelişgan holda guvohnomani taqdim etib, iste'molçiga 8:00 dan 20:00 gaça kelişga haqli.
4-qadam. Hisobga oliş priborini yeçib olişdan oldin vakolatli xodim priborning özini va plombaning butligini tekşiradi, hisobga oliş pribori yeçib olingan taqdirda 3 nusxada dalolatnoma tuzadi. Dalolatnomada iste'molçi keyinçalik hisobga oliş priborisiz tarmoqqa ulangan yoki ulanmaganligi körsatiladi.
5-qadam. Vakolatli xodim hisobga oliş priborini yeçib olgandan söng 3 kun içida davlat metrologiya xizmati organiga uni topşiradi.
6-qadam. Davlat metrologiya xizmati organi 3 kun içida hisoblagiçni qiyoslaşdan ötkazadi, uning natijalariga köra sertifikat rasmiylaştiriladi (qiyoslaşdan ötkazişning ijobiy natijalarida) yoki ta'minot taşkilotiga hisobga oliş pribori nosozligi töğrisida xabarnoma yuboradi va u ta'minot taşkilotining vakolatli xodimiga topşiriladi (hisoblagiç ta'mirlanişi yoki butunlay almaştirilişi mumkin).
7-qadam. Qiyoslaşdan ötkazilgandan keyin hisoblagiçni örnatiş töğrisida ham 2 nusxada dalolatnoma tuziladi. Ular ta'minot taşkiloti va iste'molçida qoladi.
Loyihaga takliflar:

















