Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Jinoyatlarni oçiş sohasida içki işlar organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari» töğrisidagi qarorni tasdiqladi.

Hujjat 2018 yilning 1 yanvaridan e'tiboran içki işlar organlarida tergov stenografiyasi, videokuzatuv, şuningdek, tergov harakatlarining audio va videofiksatsiya tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar joriy qilinadi.

Bundan taşqari, tergov jarayoni şaffofligini ta'minlaş uçun kelgusi yilning 1 yanvaridan boşlab Tergov departamenti va uning hududiy bölinmalari örtasida videokonferensiya körinişidagi aloqa tizimi joriy etilişi közda tutilgan.

Prezident 11 aprel kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişda huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini va iş olib boriş uslubini qattiq tanqid qilgan edi.

Prezident IIV organlari jinoiy işlarni tergov qilişda xolislik bilan harakat qilib, hodisani adolatli baholaşi muhimligini qayd etib ötgan. 

Özbekiston rahbari jinoyatlarni oçiş borasida ham qator kamçiliklar mavjudligini ta'kidlagandi. Şuningdek, fuqarolar murojaatlari öz vaqtida körib çiqilmagani va sansalorlikka yöl qöyilayotgani aytilgandi.