Özaro kelişuvga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov örtasida 1 may kuni telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Davlat rahbarlari Prezidentimizning şu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oşiriş jarayonini muhokama qildilar. 

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar böyiça yuksak darajadagi aloqalar izçil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. 

Bugungi kunda agrosanoat kompleksidagi, temir yöl tizimini ta'mirlaş va modernizatsiya qiliş va boşqa sohalardagi savdo şartnomalari va qöşma kooperatsiya loyihalari keng kölamda amalga oşirilmoqda. 

Davlat rahbarlari belgilangan dasturlar va hamkorlik loyihalarini, avvalambor, iqtisodiy sohadagi loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida yanada faol hamkorlik qiliş muhimligini ta'kidladilar. 

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi, şuningdek, yaqin istiqboldagi qöşma tadbirlar jadvali kelişib olindi. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qardoş Özbekiston xalqiga ezgu istaklarini bildirdi. 

Suhbat Özbekiston – Turkmaniston munosabatlariga xos samimiy va döstona, özaro anglaşuv, hurmat va yaqin qöşniçilik ruhida ötdi.