Şavkat Mirziyoyev “Özstandart” faoliyatiga oid yangi qaror imzoladi
|13:21 / 02.05.201730 2989 min
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni «Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatsiya agentligining faoliyatini takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Unga köra, standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etiş, Özbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantiriş asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoşligini oşiriş, şuningdek, “Özstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş maqsadida:
1. Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligining ustuvor vazifalari va yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
mahalliy mahsulotlarni işlab çiqarişda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etiş orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta'minlaş va taşqi bozorlarda raqobatdoşligini oşiriş;
mahsulot sifatini boşqarişning zamonaviy tizimlarini birinçi navbatda eksport qiluvçi korxonalarda keng joriy etiş va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlaştirişni amalga oşiriş;
eksport qiluvçi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlaştiriş masalalarida qulay şaroitlarni yaratiş, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholaş işlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinişiga yönaltirilgan xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni faollaştiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantiriş, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilişni ta'minlaşda ularning samaradorligini oşiriş;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga körsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştiriş va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş.
2. “Özstandart” agentligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining:
a) “Respublika sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasini, unga:
Mavzuga oid
“Toşkent şahar sinov va sertifikatlaştiriş markazi” davlat korxonasini qöşiş;
“Özstandart” agentligi markaziy apparati tuzilmasidan çiqarilayotgan Mahsulotlarni eksport qilişga kömaklaşiş byurosini ötkaziş yöli bilan qayta taşkil etiş;
mavjud “Milliy etalonlar markazi” davlat muassasasi, “Metrologiya xizmatlari körsatiş markazi” davlat korxonasi va “Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş ilmiy- tadqiqot instituti” davlat muassasasining metrologik bölinmalari negizida “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasini (“ÖzMMI” DK) taşkil etiş töğrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Quyidagilar davlat korxonalari faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib belgilandi:
a) “Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi” davlat korxonasining:
muvofiqlikni baholaş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişda iştirok etişi;
muvofiqlikni baholaş organlari va metrologik xizmatlarni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiya qiliş, şuningdek, muvofiqlikni baholaş organlari va metrologik xizmatlari tomonidan belgilangan şartlar va talablar bajarilişi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oşirişi;
xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilişi;
b) “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining:
Özbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillaştiriş va rivojlantiriş böyiça çoralarni amalga oşirişi;
etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi ölçov vositalarini saqlab turişi, ularni xalqaro darajada soliştirişi, şuningdek, ölçov birliklarini saqlaşi va uzatişi;
ölçovlarning yagona birlikda bölişini ta'minlaş böyiça normativ hujjatlarni işlab çiqişi, metrologik nazorat natijalarini özaro tan oliş böyiça xalqaro şartnomalarni amalga oşirişi;
metrologik tekşiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oşirişi.
4. 2017-2020 yillarda “Özstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş va iş samaradorligini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq ma'qullandi.
Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi markaziy apparati boşqaruv xodimlarining 39 nafardan köp bölmagan yangilangan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar standartlaştiriş va metrologiya boşqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarining çeklangan soni 4 va 4"a"-ilovalariga muvofiq;
2018-2021 yillarda “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi ölçov vositalari röyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi boş direktoriga zarur hollarda markaziy apparat va quyi taşkilotlar tuzilmalariga boşqaruv xodimlarining belgilangan umumiy çeklangan soni doirasida özgartişlar kiritiş huquqi berildi.
6. Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştirişni rivojlantiriş böyiça idoralararo kengaş tugatilib, Standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştirişni rivojlantiriş va mahsulot sifatini boşqariş tizimlarini joriy etişni muvofiqlaştiriş böyiça maxsus işçi guruh 6-ilovaga muvofiq tarkibda taşkil etiladi.
Maxsus işçi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:
standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştiriş va mahsulotlar sifatini boşqariş tizimlarini joriy etiş sohasidagi ustuvor yönalişlarni belgilaş hamda qonunçilik va normativ hujjatlarni işlab çiqişni taşkillaştiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya, sertifikatlaştiriş va akkreditatsiyaning milliy tizimlarini rivojlantiriş böyiça kompleks dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşirişni taşkillaştiriş;
respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bölgan mahsulot sifatini boşqariş tizimlarini joriy etiş va sertifikatlaştiriş işlarini muvofiqlaştiriş va ularning tizimli monitoringini amalga oşiriş.
7. “Özstandart” agentligi ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasining Parij şahrida 1875 yil 20 mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qöşiliş masalasini örganib çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga tegişli taklif kiritadi.
8. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat byudjyeti parametrlarini şakllantirişda 5-ilovada qayd etilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi ölçaş vositalarini xarid qiliş uçun zarur bölgan mablağni nazarda tutadi.
9. “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi Toşkent şahri, Olmazor tumani, Forobiy köçasi, 333"a", 333"b" uylarda;
“Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi” davlat korxonasi Toşkent şahri, Olmazor tumani, Forobiy va Harakat köçalarida joylaştiriladi.
10. “Özstandart” agentligi yangi taşkil etilgan “Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi” davlat korxonasini yuqori malakali kadrlar, moddiy-texnik va moliyaviy manbalar bilan ta'minlaş orqali uning samarali faoliyat yuritişini taşkil etadi.
11. Istisno tariqasida:
“Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasiga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda, etalonlarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan yetakçi xorijiy metrologik taşkilotlar bilan töğridan-töğri şartnomalar tuziş orqali etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi ölçov vositalarini xarid qiliş;
“Özstandart” agentligi va uning taşkiliy tuzilmalariga “Ştrixli kodlaş va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi bilan texnik va tizimli xizmat körsatiş, jumladan, server va telekommunikatsiya uskunalariga, kompyuter va taşkiliy texnikaga xizmat körsatiş, dasturiy mahsulotlarni işlab çiqiş va kuzatib boriş, şuningdek, axborot xavfsizligini ta'minlaş böyiça tender (tanlov) ötkazmagan holda şartnomalar tuziş ruxsat etildi.
12. “Özstandart” agentligi bir oy muddatda:
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Özstandart” agentligi va uning bölinmalari ştat jadvallari va xarajatlar smetasiga 2017 yil uçun smeta xarajatlarida nazarda tutilgan ştat birliklari va byudjyet ajratmalari doirasida, mazkur qarordan kelib çiqadigan tegişli özgartişlar kiritadi;
belgilangan tartibda “Özbekiston muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş markazi” va “Özbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalari nizomlarini tasdiqlasin va davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi;
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib çiqadigan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etadi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklandi.